Bepul suhbat

Marketing va sotuv

Mijoz qayerdan kelishi, unga nima taklif qilinishi va sotuvchi qanday sotishini bitta zanjir sifatida ko'ramiz. Zanjirning qaysi bo'g'ini uzilganini topamiz.

Shunday gaplar tanishmi?

Marketing va sotuvmisol
  • Mijoz kam keladi
  • Sotuvchilar har xil sotadi
  • Reklamaga pul ketadi, natija ko'rinmaydi

Nima qilamiz

  1. Mijoz oqimi

    Mijozlar qaysi kanaldan keladi va qayerda yo'qoladi.

  2. Taklif

    Nima sotilyapti, narx va shartlar mijozga qanchalik tushunarli.

  3. Sotuv jarayoni

    Murojaatdan to'lovgacha qadamlar va sotuvchilar uchun bir xil tartib.

Bu yo'nalishda keys hali yo'q

Ochiq aytamiz: bu yo'nalishda nomlangan natijamiz hali yo'q. Qila olamiz — va birinchi suhbatda aynan sizning holatingizda nima qila olishimizni aniq aytamiz. Mos kelmasa, kimga murojaat qilishni maslahat beramiz.

Shu yerdan boshlaymizmi?

Bepul suhbat: 30 daqiqa va bir sahifalik yozma xulosa.

Narx — suhbatdan keyin, ish hajmiga qarab.

Bepul suhbatga yozilish