Strategiya va yangi g'oyalar
Biznes bir joyda turgan bo'lsa, ba'zan muammo ichkarida emas, yo'nalishda. Qayerga o'sish kerakligini raqam va bozor bilan birga tanlaymiz.
Shunday gaplar tanishmi?
- Ikkinchi filial ochaymi?
- Yangi mahsulot qo'shsam sotiladimi?
- Keyingi qadamni bilmayman
Nima qilamiz
Hozirgi holatni o'lchash
Qaysi mahsulot, mijoz va kanal pul olib kelyapti, qaysi biri faqat ish qo'shyapti.
O'sish variantlari
Yangi filial, yangi mahsulot, yangi mijozlar — har biri xarajati va xavfi bilan.
Bitta tanlov va reja
Bir vaqtda hamma narsa emas: bitta yo'nalish, aniq qadamlar va tekshirish nuqtalari.
Bu yo'nalishda keys hali yo'q
Ochiq aytamiz: bu yo'nalishda nomlangan natijamiz hali yo'q. Qila olamiz — va birinchi suhbatda aynan sizning holatingizda nima qila olishimizni aniq aytamiz. Mos kelmasa, kimga murojaat qilishni maslahat beramiz.
Shu yerdan boshlaymizmi?
Bepul suhbat: 30 daqiqa va bir sahifalik yozma xulosa.
Narx — suhbatdan keyin, ish hajmiga qarab.